Туғилган йили: Туғилган жойи: 16.03.1981 Бухоро вилояти, Бухоро шаҳри Sadullayev Shamshod Hojiqurbonovich 1981-yil 16-mart Buxoro viloyati Buxoro shahrida tug'ilgan.
12:00 - 23:00
Phone: +998 99-700-06-44
Elektron pochta: formathlinks@gmail.com
Telegram: Telegram Profile
1999-2003 yy.-Qarshi davlat universiteti talabasi. 2003-2004 yy.-Harbiy xizmatda. 2004-2008 yy.-Buxoro tumanidagi sport maktab-internatining tarix fani o‘qituvchisi. 2008-2009 yy.-Buxoro tumanidagi "Yosh texniklar markazi" direktori. 2009-2012 yy.-Buxoro viloyati hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi metodika markazining 1-toifali mutaxassisi. 2012-2017 yy.-Buxoro viloyati hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi ma’naviy-axloqiy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi. 2017-2018 yy.-Buxoro shahridagi 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori. 2018-2019 yy.-Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bo‘yicha metodisti 2019-2021yy.-Buxoro tumanidagi 13-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi-internati direktori. 2021-2023 yy.-Buxoro tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri 2023-2023 yy.-Buxoro tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i 2024 yy.h.v. - Buxoro tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
TUMAN (SHAHAR) MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʻLIMI BOʻLIMLARI XODIMLARINING NAMUNAVIY LAVOZIM YOʻRIQNOMALARI Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻining lavozim yoʻriqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻi (bundan buyon matnda – boʻlim boshligʻi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 2. Boʻlim boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Boʻlim boshligʻi bevosita tuman (shahar) hokimligi hamda viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasiga boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida amalga oshiradi. 3. Boʻlim boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 2-bob. Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻining lavozim majburiyatlari 4. Boʻlim boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Taʻlim toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi hamda “Pedagog maqomi toʻgʻrisida” Qonuni asosida faoliyat koʻrsatadi; Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek taʻlim tizimiga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini hamda Respublika Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining qaror va buyruqlari ijrosini tuman (shahar) miqyosida bajarilishini ta’minlaydi; taʻlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, taʻlim starategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlantirish istiqbollarini belgilash va rejalashtirish, taʻlim tizimini maktabgacha va maktab xoʻjaligining boshqa sohalari bilan oʻzaro aloqalarni takomillashtirishni taʻminlaydi; Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boshqarma boshligʻiga kiritadi; ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi; tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining Nizomiga muvofiq boʻlim Hayʻat majlisiga rahbarlik qiladi; maʻmuriy boshqaruv xodimlari hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining faoliyatlarini muvofiqlashtiradi; tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida byudjet mablagʻlarini maqsadli va toʻgʻri ishlatilishini nazorat qiladi, muvofiqlalashtirish ishlarini amalga oshiradi; moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qoʻyadi; Maktabgacha taʻlim tashkilotlari, umumtaʻlim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida va maxsus maktab-internatlarida davlat taʻlim standartlari va davlat talablarining bajarilishini taʻminlaydi, shuningdek maktabdan tashqari taʻlim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy ishlarida, moliyaviy va xoʻjalik ishlarini yuritilishi jarayoniga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, muvofiqlashtiradi, ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi; taʻlim sifatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilaydi; boʻlim va taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi; boʻlim va taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi; yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish — jamiyat barqarorligi va sogʻlom avlodni tarbiyalashda kompleks yondashuv zarur ishlarini tashkil etish; bitiruvchilar bilan ishlash — taʻlim muassasalarini tamomlagan yoshlarni jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash va ijtimoiy faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; taʻlim tashkilotlari infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlarni tashkil qiladi va nazorat qilib boradi; umumiy oʻrta va maktabdan tashqari davlat taʻlim muassasalari faoliyatini tashkil etish sohasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi; taʻlim tizimida turli organlar va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; oʻz vakolati doirasida tuman (shahar)ning taʻlim tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirib boradi; faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha boʻlim xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi; kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʻminlash. maktabgacah hamda umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etadi; Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish, mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya etishni taʻminlaydi; oʻzining ish faoliyati yuzasidan bevosita tuman (shahar) hokimligi hamda viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasiga boʻysunadi; boʻlim faoliyatiga yakka rahbarlikni amalga oshiradi; 5. Boʻlim boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart: ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi; tuman (shahar) hokimligi va boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi; bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi oldida hisobot berishi. 3-bob. Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻining huquqlari 6. Boʻlim boshligʻi quyidagi huquqlarga ega: oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; boʻlim mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish; mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat pensiya taʼminotini olish; davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish; davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish; xizmatga oid masalalar yuzasidan rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish; oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi; davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi; qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish; davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilish; oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish; yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish, boʻysunuvidagi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash va funksional vazifalar, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilash; zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, xulosalar va boshqa hujjatlarni boʻlim xodimlari va boshqarmadan, tasarrufdagi tashkilotlar shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish; vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash; xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish; mehnat qonunchiligi asosida xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish; oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 4-bob. Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻining javobgarligi 7. Oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq boʻlimga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi. 8. Faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi. 9. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 10. Hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob beradi. 11. Imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 12. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgardir.