Boshqarma

ELLIYEV HAMZA QUVVATOVICH

ELLIYEV HAMZA QUVVATOVICH

ELLIYEV HAMZA QUVVATOVICH

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i

Biografiya

1988-yilda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Buxoro davlat universiteti matematika fakulteti(kunduzgi)ni tamomlagan.

Qabul vaqtlari

9:00 - 13:00

Kontaktlar

Phone: +998 934721414
Elektron pochta: buxoro_vxtb@xtv.uz
Telegram: Telegram Profile

Mehnat faoliyati

2006-2010 yy. - Buxoro davlat universiteti talabasi 2011-2013 yy. - Buxoro davlat universiteti magistranti 2010-2011 yy. - Buxoro shahar tibbiyot kolleji Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkilot yetakchisi 2011-2013 yy. - Buxoro shahar tibbiyot kolleji 1- hamshiralik ishi bo‘limi boshlig‘i 2010-2015 yy. - Buxoro shahar tibbiyot kolleji 3- hamshiralik ishi bo‘limi boshlig‘i 2015-2016 yy. - Buxoro shahar tibbiyot kolleji ichki nazorat inspeksiya rahbari 2016-2018 yy. - Buxoro shahar tibbiyot kolleji 3- hamshiralik ishi bo‘lim boshlig‘i ichki nazorat inspeksiya rahbari 2018-2022 yy. - Buxoro shahridagi 27-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2022-2023 yy. - Qorako‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i 2023-2025 yy. - Qorako‘l tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari 2025 y. – h.v. - Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

Majburiyatlari

Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish; Buxoro viloyati va mahalliy hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (bundan buyon matnda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish; umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish; umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni reabilitatsiya qilish va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi; nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim berishning muqobil shakllarini rivojlantirish; hududlarda davlat-xususiy sherikchiligini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar qabul qilish; umumta’lim muassasalarida zamonaviy xavfsizlikni ta’minlash vositalari va innovasion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish; umumta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida hokimiyatlar reytingini tuzishda ko‘maklashish; o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan turli xil ishlarga jalb qilinishini qat’iyan yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash, o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini oshirish, o‘qituvchilarning o‘z kasb faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida huquq va erkinliklari buzilmasligi, sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni ko‘rish; umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, pedagogik kadrlar malakasi va kasbiy mahoratini oshirish; o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ta’lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etishni ta’minlash; ta’lim muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini yana-da chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish; 9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish, ularning umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10-sinfida yoki o‘zlari tanlagan akademik lisey yoki kasb-hunar maktablarida o‘qishlarini davom ettirishlarini ta’minlash; o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va o‘smirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etish; o‘quvchi-yoshlarni, jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishga ommaviy jalb etishni tashkil etish; shaharning ta’lim sohasida erishgan yutuqlarini konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan respublika darajasida keng targ‘ib qilish; Boshqarma tasarrufidagi tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari va tasarrufidagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.