Boshqarma yangiliklari

Malaka (test) sinovlari qizg‘in va shaffof tarzda davom etmoqda

17 Aprel 2026 | ##Malaka_sinovi #Jarayon

Malaka (test) sinovlari qizg‘in va shaffof tarzda davom etmoqda


#Malaka_sinovi
#Jarayon
 

🟢

 Malaka (test) sinovlari qizg‘in va shaffof tarzda davom etmoqda
 

🔆

Buxoro shahridagi 44-umumta’lim maktabi bazasida tashkil etilgan “Bilim va malaka sinov markazi”da pedagoglar uchun malaka sinovlari yuqori tashkiliy darajada davom etmoqda.


 

➡️

Jarayonlarning ochiqligi va xolisligini ta’minlash maqsadida markazda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, sinovlar zamonaviy texnik vositalar asosida nazorat qilinmoqda.
 

📊

Bugun Ona tili va adabiyoti hamda O‘zbek tili(davlat tili) fanlari o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan sinovlarda jami 712 nafar pedagogning ishtirok etishi rejalashtirilgan.
 

📌

Sinov jarayonlarini qo‘yidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin

👉

 https://cams.uzedu.uz/
 

⚡️

 Malaka sinovlari pedagoglarning kasbiy salohiyatini aniqlash, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

✅

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |