#Бошқарма_бошлиғи_ҳудудларда
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev tomonidan maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Vobkent tumanida bo‘lib, hududda yangi barpo etilgan 40-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishildi. Shirin mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, 120 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasada bolalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, qulayliklar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Umida Sevinch bolajon” xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ham o‘rganilib, muassasada ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, tarbiyalanuvchilar qamrovini kengaytirish va xizmatlar sifatini yanada oshirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling
Telegram | Facebook
© Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dan “Triple Seven” MChJ, 2025. Barcha huquqlar himoyalangan