Boshqarma yangiliklari

🟢Yoshlar ongini asrash — kelajakni asrash!

11 Oktabr 2025 | ##Ayni_paytda #Seminar

🟢Yoshlar ongini asrash — kelajakni asrash!


🔹Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida giyohvandlik vositalarining iste’molini erta aniqlash va bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Seminarning asosiy maqsadi — maktab psixologlari hamda inspektor-psixologlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, o‘quvchi yoshlar bilan samarali ishlash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

🔹 Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida tashkil etildi.

📘 O‘quv jarayonida mutaxassislar tomonidan psixologik diagnostika usullari va erta xavf omillarini aniqlash bo‘yicha bir qator amaliy tavsiyalar berilmoqda.

👥 Seminarda Buxoro viloyati bo‘ylab 600 nafardan ortiq maktab psixologlari va inspektor-psixologlar ishtirok etmoqda.