Boshqarma yangiliklari

🟢Buxoroda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislari uchun sayyor malaka oshirish kurslari bo'lib o'tmoqda

10 Oktabr 2025 | ##Bugun

🟢Buxoroda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislari uchun sayyor malaka oshirish kurslari bo'lib o'tmoqda


🔴Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutining tegishli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 2–31-oktyabr kunlari institutning sayyor malaka oshirish kurslari o‘tkazilishi belgilangan.

💎Ayni paytda ushbu kurslarda Buxoro viloyatidan:
✅120 nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari,
✅60 nafar psixolog,
✅60 nafar logoped,
✅30 nafar defektolog,
✅100 nafardan ortiq oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari faol ishtirok etmoqdalar.

⬇️Bugun,  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Nafisa Abdullayeva  boshchiligidagi ishchi guruh sayyor kurslar jarayonida ishtirok etib, tinglovchilarning kasbiy rivojlanish borasida olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

 ➖Malaka oshirish kurslari pedagog va mutaxassislarning zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirishi, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishi hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)