🔴Ushbu maktab 2021–2022-o‘quv yilida Germaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Deutsches Sprachdiplom (DSD)” dasturining nomzod maktabi sifatida tan olingan edi.
🫥Tashrifdan maqsad – maktab faoliyati bilan yaqindan tanishish, o‘quvchilarni xalqaro DSD diplom imtihoniga tayyorlash jarayonini baholash va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
✅ Dastlabki uchrashuvda mehmon DSD imtihonining tuzilishi, bosqichlari va talablari haqida batafsil ma’lumot berdi hamda o‘quvchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
➡️ Deutsches Sprachdiplom (DSD) — bu xalqaro miqyosda tan olingan nemis tili sertifikati bo‘lib, uni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Germaniyaning o‘quv maskanlarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)
© Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dan “Triple Seven” MChJ, 2025. Barcha huquqlar himoyalangan