🔴Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Buxoro tumanidagi ta’lim muassasalarining faoliyati joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
➖O‘rganish davomida dars mashg‘ulotlarining olib borilish sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi, ta’lim jarayonidagi samaradorlik, davomat va ish hujjatlarining yuritilishi, GRACE o'quv dasturidan foydalanish holati birma-bir tahlil qilinmoqda.
💠Shuningdek, ta’lim muassasalarining obodonlashtirish ishlari, sanitariya-gigiyena holati hamda kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik darajasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚡️O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar belgilab olinib, mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berilmoqda.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)
© Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dan “Triple Seven” MChJ, 2025. Barcha huquqlar himoyalangan