Boshqarma yangiliklari

🟢Maktabga kirayotganda barcha o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi shart, darsga kirishdan oldin esa telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi

09 Oktabr 2025 | ##Bugun

🟢Maktabga kirayotganda barcha o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi shart, darsga kirishdan oldin esa telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi


🔴Ta’lim jarayonida, xususan, maktablarda mobil telefonlar taqiqlanishi yoki undan foydalanish tartiblariga qat’iy talablar belgilanishi kerakmi degan mavzu bo‘yicha yurtimizdagi va xorijiy davlatlardagi maktablarda mobil telefondan foydalanish tartiblari o‘rganib chiqildi.

📍Yurtimizda maktablarda mobil telefondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 21- maydagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomi asosida tartibga solinadi.
Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi) shart.

➖Shuningdek, dars mashg‘ulotlaridan oldin telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi.

⬇️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023- yil 31- avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”da ham o‘quvchilarning maktab hududida telefondan foydalanmasliklari bilan bog‘liq talablar belgilangan.

❓Xorijiy tajriba qanday?
✅Qator xorijiy davlatlarda, jumladan, Avstraliya, Fransiya, Chexiya, Ispaniya, Bangladesh kabi davlatlarda maktab o‘quvchilari dars paytida mobil qurilmalaridan foydalanishga cheklovlar o‘rnatilgan.

 ✅Belgiya va Buyuk Britaniyada mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash masalasi har bir maktabning kuzatuv va vasiylik kengashlari qarori asosida qabul qilinadi.

✅ Ta’lim olish jarayoniga salbiy ta’siri bois Janubiy Koreya maktablarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlangan.

✅London Iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, smartfonlar taqiqlangan maktablarda test natijalari ko‘rsatkichlari 6 foizga yaxshilangan.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)