🔴Buxoro shahridagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, o‘z vazn toifasida O‘zbekistonning birinchi raqamli charm qo‘lqob ustasi bo‘lgan Rushanabonu Isoyeva Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasidagi xalqaro musobaqada barcha raqiblarini mag‘lub etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi!
➖Bu g‘alaba — nafaqat maktab jamoasi, balki butun yurtimiz uchun ulkan iftixor va g‘urur manbaidir.
⚡️Mahoratli va g‘ayratli o‘quvchimizni yuksak natija bilan qizg‘in tabriklaymiz!
💥Uning kelgusi musobaqalarda ham munosib natijalar ko‘rsatishiga, Vatan bayrog‘ini xalqaro arenalarda yanada baland ko‘tarishiga ishonamiz!
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)
© Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dan “Triple Seven” MChJ, 2025. Barcha huquqlar himoyalangan