Boshqarma yangiliklari

🟢Maktablarda GRACE dasturi asosida yaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” o‘quv dasturi samarali tatbiq etilmoqda

06 Oktabr 2025 | ##Jarayon

🟢Maktablarda GRACE dasturi asosida yaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” o‘quv dasturi samarali tatbiq etilmoqda


🔴Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi ong va madaniyatni shakllantirish maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

🫥 Mazkur dasturga maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari hamda maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan 40 ta yoshga oid mavzular kiritilgan bo‘lib, ular yoshlarning halollik, vijdonlilik va mas’uliyat kabi qadriyatlarni anglashiga xizmat qiladi.

🌀Dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki suhbatlar mavzulariga, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida esa “Kelajak soatlari”, “Tarbiya”, “Tarix” va “Davlat va huquq asoslari” fanlariga integratsiya qilingan holda olib borilmoqda.

💠Mashg‘ulotlar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ko‘magida interfaol usulda tashkil etilmoqda.

⚡️Mazkur tashabbus yoshlar ongida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇 
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)