Boshqarma yangiliklari

ASOSIY OLIMPIADANING IKKINCHI - TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI O‘TKAZILADI

05 Oktabr 2025 | ##Asosiy_olimpiada #Tuman_bosqichi

ASOSIY OLIMPIADANING IKKINCHI - TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI O‘TKAZILADI


⚡️ Respublikamiz bo‘ylab joriy o‘quv yili uchun Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi barcha hududlarda start olish arafasida!

🇺🇿Olimpiadada birinchi - maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oʻquvchilar ishtirok etadi.

🗓 Olimpiada fanlar kesimida ushbu jadval asosida (https://sites.google.com/view/timetable-as/%D0%B3%D0%BB%D0%B0%D0%B2%D0%BD%D0%B0%D1%8F-%D1%81%D1%82%D1%80%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%86%D0%B0) belgilangan sanalarda o‘tkaziladi.

🔹 Olimpiadaning birinchi bosqichi 1 turda - test topshiriqlari shaklida oʻtkazilishi mumkin.

🫂 Har bir fan kesimida eng yaxshi natija koʻrsatgan 3 nafargacha o‘quvchi keyingi bosqichga yo‘llanmani qoʻlga kiritadi.

📌Natijalar olimpiada o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi.

‼️‼️‼️

❗️Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta olimpiada o‘tkazilmaydi.

Aziz o‘quvchilar!
 
✔️Ushbu olimpiadani shaffof, adolatli va yuqori sifatli tarzda tashkil etish maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

🔵Har bir ishtirokchining bilim va intellektual salohiyatini obyektiv va to‘liq baholashga alohida e’tibor qaratilishi kafolatlanadi.

✅Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning maxsus botiga (https://t.me/Murojaat_FOM_bot) murojaat qilishingiz mumkin.

❗️Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularning natijalariga ko‘ra adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘riladi.

Olimpiadada omad yor bo‘lsin!