Korrupsiyaga oid targ’ibot materiallari

🟢Ta’lim muassasalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus o‘quv dasturi amaliyotga joriy etilmoqda

03 Oktabr 2025 | ##Korrupsiyaga_qarshi kurashish

🟢Ta’lim muassasalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus o‘quv dasturi amaliyotga joriy etilmoqda


🔴Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi ongni shakllantirish — barqaror va halol jamiyat poydevorini yaratishning eng muhim shartlaridan biridir. 

⬇️Shu maqsadda GRACE dasturi asosida ishlab chiqilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus o‘quv dasturi:

✅maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki qabul jarayonlari suhbatlariga;
✅umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Kelajak soatlari” hamda “Tarbiya”, “Tarix” va “Davlat va huquq asoslari” fanlari mavzulariga;
✅”Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ko‘magida integratsiya qilingan holda tatbiq etilmoqda.

▶️Maqsad — pedagoglarning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar qalbida halollik, adolat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashdir.

📌Ayni kunlarda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullaridan iborat ishchi guruh Buxoro shahridagi ta’lim muassasalarida ushbu dastur ijrosini o‘rganmoqda. 

💠Shuningdek, mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ishtiroki va davomat masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)