Boshqarma yangiliklari

🟢Kasbiy rivojlanish kuni va soatiga start berildi

04 Oktabr 2025 | ##Jarayon

🟢Kasbiy rivojlanish kuni va soatiga start berildi


🔴Joriy o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun 11 ta fan yo’nalishida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari yo‘lga qo‘yildi


🔺Su maqsadda:

✅hududlarda 72 ta tayanch maktablar ajratildi;
✅200 nafar mentor-o‘qituvchilar tayyorlandi;
✅2025–2026-o‘quv yili uchun maxsus jadval ishlab chiqildi.

▶️Ushbu jadval asosida bugun, 4-oktyabr kuni, viloyatimizning barcha shahar va tumanlardagi tayanch maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni”, umumta’lim maktablarida esa “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari boshlandi.

✅Mazkur tashabbus o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)