Korrupsiyaga oid targ’ibot materiallari

🟢“GRACE” dasturi haqida bilasizmi?

02 Oktabr 2025 | ##Bugun

🟢“GRACE” dasturi haqida bilasizmi?


🔴“GRACE- Global Resource for Anti-Corruption Education and Youth Empowerment” -  dasturi 2021 yilda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha bosh boshqarmasi tomonidan ishga tushirilgan.

✅ Dasturning maqsadi – ta’lim va o‘zaro aloqalarning transformatsion kuchidan foydalangan holda yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.

➖“GRACE” dasturi korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan  o‘qituvchilar,  olimlar va korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralar bilan ishlash bo‘yicha bilim va tajribalarni jahon hamjamiyatiga  taqdim qiladi.

🫥Mazkur dasturni O‘zbekistonda joriy etish tashabbusi Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimida ilgari surilgan.

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “GRACE”  dasturidan foydalangan holda “Profilaktika kunlari”  va “Sinf soatlari” doirasida “Halollik qadriyatlari”, “To‘g‘rilik, mehnatsevarlik – xotirjam hayot asosi”, “Korrupsiya – davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat” mavzularida targ‘ibot tashviqot tadbirlari keng ko'lamda olib borilmoqda.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)