🟢Buxoro tumanida ustoz va murabbiylar e’tirof etildi
🔴Buxoro tumanidagi Malikobod tantanalar majmuasida 1-oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayramona ruhda tashkil etilgan yig‘ilishda tuman hokimi Anvarjon Ochilov so‘zga chiqib, butun umrini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan soha fidoyilarini samimiy tabrikladi.
🫥Hokim o‘z nutqida mamlakatimizda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy etish, yoshlarni ilm-fan va zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan islohotlarda ustozlarning beqiyos xizmatlari borligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan bir guruh ilg‘or pedagoglar hamda murabbiylarga tuman hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
💠Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, ta’lim sohasi faxriylari haqida iliq xotiralar tinglandi. Bu jarayonlar o‘qituvchi kasbining naqadar ulug‘ va sharafli ekanini yana bir bor namoyon etdi.
🫥Darhaqiqat, o‘z ko‘z nurini, qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga ilm va tarbiya berishga bag‘ishlagan muallimlarning mehnati bilan Vatanimiz ertangi kuni – barkamol avlod poydevori yaratilmoqda.
🫥Ustoz deganda, inson qalbida chuqur hurmat, cheksiz minnatdorlik tuyg‘usi jo‘sh uradi. Chunki eng ulug‘ boylik – bu bilimdir. Aynan ustoz va murabbiylar ana shu bebaho xazinaga yo‘l ochib, yosh avlod qalbiga yuksak insoniy fazilatlarni singdiradilar.
🫥Bayram tadbiri so‘nggida ustozlar jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning fidoyiligi va ezgu mehnati alohida qadrlanib, barchaga samimiy minnatdorlik bildirildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)