🟢ROMITANLIK USTOZ VA MURABBIYLAR SHARAFLANDILAR!
🔴1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Romitan tumanining 13-maktabida katta bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, sohaga oid fidoyi ustoz va murabbiylarimiz ishtirok etishdi.
💎Tuman hokimi U.Barnoyev samimiy tabrik so‘zlari bilan ustozlarni bayram bilan qutlab, ularning yurt taraqqiyoti va kelajak avlodni tarbiyalashdagi ulkan xizmatlarini yuksak qadrladi. Bayram munosabati bilan barcha ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
💠Tadbirda madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, sho‘x raqslar hamda ko‘tarinki kayfiyat ustoz va murabbiylarga haqiqiy bayramona tuyg‘ularni ulashdi.
✨Bu kabi tadbirlar ta’lim fidoyilarining mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash, ularning nufuzini oshirish, o‘quvchilarni esa ilm-fanga yanada qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)
© Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dan “Triple Seven” MChJ, 2025. Barcha huquqlar himoyalangan