Boshqarma yangiliklari

🟢BUXOROLIK USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

30 Sentabr 2025 | ##Ustozga_ehtirom

🟢BUXOROLIK USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI


#Ustozga_ehtirom

🟢BUXOROLIK USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

🔴Buxoro shahridagi “Zarafshan Hall” tantanalar saroyida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim tizimi faxriylari, bugun fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ustoz va muallimlar, shuningdek sport hamda san’at muassasalari murabbiylari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

🫥Tadbir davomida ilm-fanni rivojlantirish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishda faol ishtiroki, yoshlar tarbiyasidagi ibratli xizmatlari uchun bir qator ustoz va murabbiylar viloyat hokimining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

💠Bayramona dasturxon atrofida davom etgan samimiy tadbirda konsert dasturi namoyish etildi. Viloyatimiz san’atkor ustalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, tantanaga yanada fayz bag‘ishladi.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)