#Ustozga_ehtirom
🟢 USTOZLARIMIZNI YO'QLAB QO'YISHNI UNUTMAYLIK!
🔴Ustoz – qalbimizga ma’rifat ziyosini baxsh etuvchi, hayotimizga yo‘lchi chiroq bo‘luvchi eng qadrli zotdir. Ularni qadrlash, bayram kunlarida yo‘qlab, ko‘nglini ko‘tarish esa bizning shogirdlik burchimizdir.
💎Bugun men hayotimda katta iz qoldirgan ustozim, Buxoro tibbiyot texnikumida 36 yil fidokorona faoliyat yuritgan Fayzullo Murodovni yo‘qlab bordim. Samimiy suhbat chog‘ida ustoz-shogirdlik damlarimizni esladik, ko‘rishuv ustozim qalbini tog‘dek ko‘tardi. Ustoz boshqarma tashabbusi bilan yaratilayotgan “Esdalik albomi” uchun ham o‘z ezgu tilaklarini bitib qoldirdi.
🟡Shuningdek, faxriy ustoz – Buxoro shahrida maktab ta’limi tizimida o‘qituvchi va rahbar sifatida samarali mehnat qilgan Saidrizo Qulijonov xonadonida ham bo‘ldim. Bayram arafasidagi bu mehrli yo‘qlov ustozning ko‘ngliga iliqlik, qalbiga quvonch olib kirdi.
🫥Qalbimizni ilm nurlari bilan yoritgan ustozlarimiz oldida doimo qarzdormiz. Keling, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsataylik, doimo yoqlab turishni odat qilaylik, shogirdlik burchimizni unutmaylik!
✅Hamza ELLIYEV,
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
© Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dan “Triple Seven” MChJ, 2025. Barcha huquqlar himoyalangan