Boshqarma yangiliklari

🟢HAYOTIMNI O‘ZGARTGAN INSON

30 Sentabr 2025 | ##Ustozga_ehtirom

🟢HAYOTIMNI O‘ZGARTGAN INSON


🟢HAYOTIMNI O‘ZGARTGAN INSON

🔴Marhum ustoz, o‘tgan yili 100 yoshli yubileylarini o‘tkazganimiz — Mehnat Qahramoni, Juma Shukurovning izlari bordek maktabimizda. 

➡️Har kuni ul darg‘aning salobatlarini, sinoatlarini his etib turgandekmiz.

🫥Juma Shukurovdan keyin o‘g‘illari — ustoz Ahad Shukurov ham qator yillar maktab direktori sifatida ta’lim samaradorligini oshirishda o‘z hissalarini qo‘shdilar. 

🫥Ahad Shukurov rahbar sifatida shakllanishimda, tumanda tanilishimda katta hissalari bor.

🌀Bu sulola o‘ziga xos ta’lim-tarbiya maktabini yaratgan siymolardir.

🟡O‘qituvchi va Murabbiylar kuni arafasida ustoz, marhum Juma Shukurovni xotirlash, Ahad Shukurovni qutlash maqsadida xonadonlarida bo‘ldik. 

🟡O‘tgan yillar voqealari yodga olindi. Ahad Shukurovni bayram bilan tabriklab, hamkasblarimiz tilaklari yetkazildi.

⚡️Ustozlar izlari bilim dargohimizdan o‘chmaydi.

Salomat Bafoyeva
16-sonli umumta’lim maktabi direktori

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)