Boshqarma yangiliklari

🟢O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosib nishonlandi

27 Sentabr 2025 | ##Qorakol

🟢O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosib nishonlandi


🟢O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosib nishonlandi

 

🔴Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan o’tkazilgan tantanada ustoz va murabbiylar, ta’lim sohasi fidoyilari, o‘quvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Dastlab, tuman rahbari Xurshid Toxirov so‘zga chiqib, barcha ustozlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Tuman hokimi ta’lim-tarbiya sohasining jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni haqida alohida to‘xtalib, kelajak avlodni ma’rifatli, bilimli, yurtga sadoqatli qilib voyaga yetkazishda ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini e’tirof etdi. Shuningdek, ta’lim fidoyilariga kuch-quvvat, bardavom sabr, oilaviy farovonlik va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.

 

🫥Bayram tadbirida ta’lim-tarbiya yo‘lida o‘zini ayamay xizmat qilayotgan, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda ibrat bo‘lib kelayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. Ularning ko‘zlaridagi quvonch, samimiy minnatdorlik bayram shodiyonasiga yanada fayz qo‘shdi.

 

Shu bilan birga, “Dolzarb 90 kun” doirasida 8–9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Tuman hokimi sovrini uchun” fan olimpiadasida bilim sinovlarida yuqori natijaga erishgan g‘olib o‘quvchilar ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 

 

🗣Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, sho‘x raqslar hamda ko‘tarinki kayfiyat ustoz va murabbiylarga haqiqiy bayramona tuyg‘ularni ulashdi. 

 

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook