Korrupsiyaga oid targ’ibot materiallari

🟢MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KORRUPSIYAGA NISBATAN MUROSASIZ MUNOSABAT SHAKLLANTIRILMOQDA

23 Sentabr 2025 | ##Bugun

🟢MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KORRUPSIYAGA NISBATAN MUROSASIZ MUNOSABAT SHAKLLANTIRILMOQDA


🟢MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KORRUPSIYAGA NISBATAN MUROSASIZ MUNOSABAT SHAKLLANTIRILMOQDA

💎Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRASE) dasturini Oʻzbekistonda keng joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi" ga asosan, Buxoro shahridagi 37-umumta'lim maktabida (GRACE) dasturi namunaviy tarzda tashkil etilgan.

💎Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ushbu ta'lim muassasasi qatorida barcha umumta’lim maktablarida  yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan ta'lim bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

📌Ma’lumot uchun:
“GRACE – Global Resource for Anti-Corruption Education and Youth Empowerment” dasturi 2021-yilda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha bosh boshqarmasi tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – ta’lim va hamkorlikning transformatsion kuchidan foydalanib, yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.

🔴Ushbu dastur korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilg‘or tajriba va bilimlarni o‘qituvchilar, olimlar hamda tegishli idoralar bilan bo‘lishish orqali jahon hamjamiyatida samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

💎Mazkur tashabbus orqali yosh avlodning huquqiy savodxonligi, halollik va adolatga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)