Boshqarma yangiliklari

🟢 “Telefonsiz maktab” – bilim va tarbiya yo‘lida yangi davr!

26 Sentabr 2025 | ##Ғиждувон_тумани

🟢 “Telefonsiz maktab” – bilim va tarbiya yo‘lida yangi davr!


#Ғиждувон_тумани
🟢 “Telefonsiz maktab” – bilim va tarbiya yo‘lida yangi davr!

🔴G‘ijduvon tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida ham bugun  “Telefonsiz maktab” loyhasi amalga oshirilmoqda

✅Loyiha katta maqsadni ko‘zlaydi — farzandlarimizning dars vaqtida faqat bilim olishga, tarbiyaga va ijodkorlikka chalg‘imasdan e’tibor qaratishini ta’minlash. Bu tashabbus nafaqat o‘quv jarayoniga, balki yoshlarning kelajagiga ham ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.

Amaliy natijalar allaqachon sezilmoqda: darslar samaradorligi ortdi, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishi kuchaydi, ustoz va shogirdlar o‘rtasida chinakam ishonch va hamkorlik mustahkamlandi. Endi telefon emas, bilim, ma’rifat va tarbiya o‘quvchining hayotida ustuvor o‘rin egallamoqda.

🌟 “Telefonsiz maktab” – bu farzandlarimizning ertangi porloq hayoti uchun tashlangan muhim qadamdir. Zero, bilimli va barkamol avlod – Vatanimiz kelajagi, millatimiz tayanchi va yurtimizning eng katta boyligidir.

✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)