🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 275-Qarori (https://www.lex.uz/ru/docs/7726514)asosida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi to‘g‘risidagi NIZOM” tasdiqlandi
➡️Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, vazifalari va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish, shuningdek, hisobdorlik masalalari tartibini belgilaydi.
➡️ Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda o‘zining baholash jarayonini mustaqil va xolis amalga oshiradi.
➡️ Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan amal oshiradi.
➡️Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sifatiga oid qabul qilgan qaror va buyruqlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)