🔴Tadbir djirasida uzoq yillar davomida ta’lim sohasiga munosib hissa qo‘shgan, fidoyi mehnati bilan yosh avlod tarbiyasiga beqiyos xizmat qilgan faxriy ustozlar nafaqaga kuzatildi.
✨Bayramda maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar jamoasi, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etib, ustozlarning nurli xotiralari bilan bo‘lishdilar. Shogirdlar o‘z mehribon ustozlariga bag‘ishlab she’rlar o‘qib, qo‘shiqlar ijro etdilar.
🔄Maktab rahbariyati tomonidan faxriy ustozlarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
✨Bayram samimiy va iliq muhitda o‘tdi hamda har bir ishtirokchida unutilmas taassurot qoldirdi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram (https://t.me/bvmmtb) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb)
© Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dan “Triple Seven” MChJ, 2025. Barcha huquqlar himoyalangan