Ijtimoiy himoya sohasini takomillashtirish va ehtiyojmand aholiga professional ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish maqsadida 2025-yilgda Buxoro viloyatidagi 55 ta mahallada 50 o‘rinli 55 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan tadbirkorlarni hamkorlikka chaqiramiz!
Hamkorlik istagida bo‘lgan tadbirkorlar Buxoro viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullariga murojaat qilishlari mumkin.
© Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dan “Triple Seven” MChJ, 2025. Barcha huquqlar himoyalangan