Boshqarma yangiliklari

#Attestatsiya #Kun_natijasi 🟢 O‘QITUVCHILARIMIZDAN YUQORI NATIJALAR ! 🔆Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan malaka sinovlari yana bir bor pedagoglarimizning yuksak salohiyati va kasbiy mahoratini namo

20 Aprel 2026 | ##Ayni_paytda

#Attestatsiya #Kun_natijasi 🟢 O‘QITUVCHILARIMIZDAN YUQORI NATIJALAR !  🔆Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan malaka sinovlari yana bir bor pedagoglarimizning yuksak salohiyati va kasbiy mahoratini namo


#Attestatsiya
#Kun_natijasi

🟢

O‘QITUVCHILARIMIZDAN YUQORI NATIJALAR !
 

🔆

Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan malaka sinovlari yana bir bor pedagoglarimizning yuksak salohiyati va kasbiy mahoratini namoyon etmoqda. Quyidagi ustozlar yuqori natijalarni qayd etib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lishdi:


 

➡️

Shofirkon tumani, 41-maktab o‘qituvchisi Shohista Oripova — 98 ball bilan oliy toifani muvaffaqiyatli himoya qildi.
 

➡️

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro viloyati filiali o‘qituvchisi Gulchehra Ortiqova — 92 ball bilan oliy toifani himoya qilib, 70 foizlik ustamaga ega bo‘ldi.
 

➡️

Vobkent tumani, 32-maktab o‘qituvchisi Saodat Jabborova — 90 ball bilan oliy toifani himoya qilib, 70 foizlik ustamaga ega bo‘ldi.
 

➡️

Vobkent tumani, 12-maktab o‘qituvchisi Gulnigor Axtamova — 90 ball bilan oliy toifani qo‘lga kiritib, 70 foizlik ustama sohibasi bo‘ldi.
 

➡️

Buxoro shahri Prezident maktabi o‘qituvchisi Shahnoza Gʻiyozova — 90 ball bilan oliy toifani himoya qilib, 70 foizlik ustamaga ega bo‘ldi
 

➡️

Buxoro shahri, 13-maktab o‘qituvchisi Salomat Subxonova — 90 ball bilan oliy toifani himoya qilib, 70 foizlik ustamaga ega bo‘ldi.
 

➡️

Peshku tumani, 29-maktab o‘qituvchisi Sharofat O‘roqova — 90 ball bilan oliy toifani qo‘lga kiritib, 70 foizlik ustamaga ega bo‘ldi.
 

➡️

Jondor tumani, 19-maktab o‘qituvchisi Iqboloy Rajabova — 90 ball bilan oliy malaka toifasi va 70 foizlik ustamani qo‘lga kiritdi.
 

✨

Ushbu natijalar ustozlarimizning o‘z ustida muntazam ishlashi, zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashi hamda ta’lim sifatiga bo‘lgan yuksak mas’uliyatining amaliy ifodasidir.
 

💫

Barcha ustozlarimizni ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada yuksak marralar tilaymiz!
 

✅

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook