#Attestatsiya
#Jarayon

Sinovlar qizg‘in davom etmoqda
Buxoro shahridagi 44-umumta’lim maktabi bazasida tashkil etilgan “Bilim va malaka sinov markazi”da pedagoglar uchun malaka sinovlari yuqori tashkiliy darajada davom etmoqda.

Jarayonlarning ochiqligi va xolisligini ta’minlash maqsadida markazda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, sinovlar zamonaviy texnik vositalar asosida nazorat qilinmoqda.

Bugun Rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan sinovlarda jami 902 nafar pedagogning ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Malaka sinovlari pedagoglarning kasbiy salohiyatini aniqlash, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
Telegram | Facebook |
© Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dan “Triple Seven” MChJ, 2025. Barcha huquqlar himoyalangan