Boshqarma yangiliklari

BUXORODA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” — AN’ANA VA TAJRIBA UZVIYLIGINING YORQIN IFODASI

22 Aprel 2026 | ##Ayni_paytda

BUXORODA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” — AN’ANA VA TAJRIBA UZVIYLIGINING YORQIN IFODASI


BUXORODA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” — AN’ANA VA TAJRIBA UZVIYLIGINING YORQIN IFODASI
 

🔆

Buxoro davlat pedagogika institutida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda “Nuroniylar” jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.


 

➡️

Tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi rahbari Samoydin Husenov hamda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev ishtirok etishdi.
 

🔵

Mazkur uchrashuvda ta’lim tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriy ustozlar, bugungi kunda yuqori natijalarga erishib kelayotgan ilg‘or tajribali o‘qituvchilar hamda kelajak pedagoglari bo‘lgan talaba-yoshlar bir davrada jam bo‘lib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
 

🔹

Tadbir davomida katta avlod vakillari o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, ilmiy va ma’naviy merosi bilan o‘rtoqlashib, yosh avlodga muhim tavsiya va maslahatlar berdilar.
 

✅

Shuningdek, uch avlod vakillari o‘rtasida samimiy muloqot muhitini shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va avlodlar davomiyligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

⚡️

Bunday uchrashuvlar ta’lim tizimida ustoz-shogird an’analarini mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirish hamda tajriba va bilimlar uzviyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

✅

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |