Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari
Uyda yakka tartibda taʼlim olish
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish
Ixtisoslashgan maktablar
Maktab.uz - bu xalqaro standartlarga javob beradigan va maktab o'quvchilari uchun yuqori sifatli uzluksiz masofaviy ta'limni ta'minlaydigan ilg'or raqamli ta'lim texnologiyasi. Platforma o'qituvchilarga ham, ota -onalarga ham o'quvchilarning rivojlanish darajasini kuzatish va mavzular mazmuni bilan tanishish uchun keng imkoniyatlar beradi.
Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir
Shavkat Mirziyoyev
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi
''Taraqqiyot strategiyasi'' markazi
O'zbekiston Respublikasi ochiq axborot portali
O'zbekiston Respublikasi hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Respublika bolalar kutubxonasi
Yagona Interaktiv davlat xizmatlari portali
22 Aprel 2025
#ko‘rik tanlov
22 Aprel 2025
#tanlov
22 Aprel 2025
#konferensiya
22 Aprel 2025
# ilmiy-amaliy konferensiya
22 Aprel 2025
#pullik ta'lim
21 Aprel 2025
#brifing
21 Aprel 2025
#ma'ruza
21 Aprel 2025
#aksilkorrupsiya
O'zingizni qiziqtirgan savollarga tezda javob olishingiz mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida bu haqida aytib oʻtilgan. Unga koʻra: 2025-yil 1-yanvardan boshlab — barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi. Mentor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi. Maʼlumot uchun: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida mentor-oʻqituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda bu haqida toʻxtalib oʻtilgan. Unga koʻra: ilgari attestatsiyadan oʻtmagan holda ishga yangi qabul qilingan fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlarga oliy malaka toifasi beriladi. Buning uchun pedagoglar toʻgʻridan-toʻgʻri, attestatsiyadan oʻtkazilmasdan malaka toifasi sertifikatini olish uchun bevosita pedagog.uzedu.uz, my.gov.uz yoki davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishi lozim. Ushbu davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Mazkur murojaat oʻrnatilgan tartibda (20 kun muddatda) koʻrib chiqiladi va ijobiy qaror qabul qilinganda, murojaatchiga QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikat beriladi.
O'zbekistonda majburiy o'n bir yillik ta'lim joriy etilganligi va 9-sinf o'quvchilarining ko'pchiligi 10-sinfda o'qishni davom ettirishi sababli 9-sinf bitiruvchilarining sertifikatlari maktabda saqlanadi. Agar talaba 9-sinfni tamomlagandan so'ng akademik litseyga, kasb-hunar maktabiga o'qishga kirsa yoki yangi o'quv yurtidan ma'lumotnoma yoki Kupon asosida boshqa umumta'lim maktabiga o'tkazilsa, bu masala bo'yicha ota-onalar maktab direktoriga murojaat qilishlari mumkin. Majburiy o'n bir yillik ta'lim tugagandan so'ng, 11 sinf bitiruvchilariga sertifikat tantanali ravishda topshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda ushbu tartib koʻrsatib oʻtilgan. Unga koʻra, nomzod pedagog tomonidan oʻrnatilgan tartibda toʻldirilgan soʻrovnomaga pedagog kadrning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma) ilova qilinadi. Shuningdek, agar nomzod pedagogning qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi mavjud boʻlsa, u ham taqdim etiladi. Pedagog kadrlardan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr masʼul hisoblanadi. Maʼlumot uchun: notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.